Taekvondochilarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Taekvondochilarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Sportchilar Jahon chempionatini 5ta medal bilan boshlashdi.

O‘zbekistonlik sportchilar taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini 5ta medal bilan boshlashdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Jahon chempionati Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning ilk kunida, kecha o‘zbekistonlik 5 nafar tayekvondochi dayanga chiqdi.

Natijalar:

Ahadjon Muxtorov – bronza;

Javohir Hidoyatov – bronza;

Nigora A’zamjonova – bronza;

Omina Ergasheva – bronza;

Rozalina Tolibjanova – bronza.

Jahon chempionati 31 iyulgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilingandi. Yangilangan reytingda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!