Tadqiqotchilar Yerni asteroid bilan to‘qnashuvidan himoya qilishni modellashtirmoqda

Tadqiqotchilar Yerni asteroid bilan to‘qnashuvidan himoya qilishni modellashtirmoqda

Er bilan to‘qnashadigan katta asteroid topilsa, halokatli oqibatlarning oldini olish uchun uni trayektoriyasidan chetlashtirish kerak bo‘ladi.

NASAning asteroidlarni qayta yo‘naltirish bo‘yicha missiyasi (DART) yer bilan potensial asteroid to‘qnashuvidan sayyorani himoya qilishning birinchi keng ko‘lamli sinovi hisoblanadi. Bern universiteti va PlanetS sohasidagi milliy vakolat markazi (NCCR) tadqiqotchilari nisbatan kichik kraterni hosil qilish o‘rniga, DART kosmik kemasining asteroid bilan to‘qnashuvi uni deyarli tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartishi mumkinligini aytishmoqda.

Hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan asteroidlarning hech biri Yerga bevosita tahdid solmaydi. Ammo, yer bilan to‘qnashadigan katta asteroid topilsa, halokatli oqibatlarning oldini olish uchun uni trayektoriyasidan chetlashtirish kerak bo‘ladi.

Bunday manevrning birinchi to‘liq tajribasi sifatida o‘tgan yilning noyabr oyida DART kosmik zondi ishga tushirildi: uning vazifasi sayyoraviy mudofaa tizimini rivojlantirish uchun qimmatli ma’lumotlarni yig‘ish uchun asteroid bilan to‘qnashish va uni o‘z orbitasidan chetlashtirishdan iborat.

Yangi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, DART to‘qnashuv nishoni kutilganidan-da ko‘proq deformasiya qilishi mumkin.

2024-yilda ESA Yevropa kosmik agentligining HERA missiyasi doirasida Dimorphos kosmik zondni uchirishi rejalashtirilgan, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!