Tadqiqot: Yaponiyada tibbiyot xodimlarning uchdan bir qismi depressiya holatida

Tadqiqot: Yaponiyada tibbiyot xodimlarning uchdan bir qismi depressiya holatida

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, Yaponiyadagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlagan tibbiyot xodimlarining qariyb 30 foizi depressiyaga tushgan.

Bu haqda NHK World Japan xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadqiqod Yaponiya Qizil Xoch tibbiy markazi tomonidan infeksiya butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan aprel-may oylarida o‘tkazilgan va unda kasalxonadagi 850 ga yaqin shifokorlar, hamshiralar hammda xizmatchilar ishtirok etishgan.

Natijada tadqiqotda ishtirok etgan shifokorlarning 27,9 foizi, ya’ni 237 kishining depressiyaga tushganligini aniqlangan.

O‘tgan oyning oxirida kasalxonaga 218 mijoz, shu jumladan, koronavirus infeksiyasida shubha qilingan va keyinchalik shularning 76 tasida test sinovlari ijobiy natija ko‘rsatgan bemorlar qabul qilingan.

Tadqiqotda ishtirok etgan doktor Idzumo Takexiro virusning noma’lum qirralari hali ko‘p ekanligini ta’kidlar ekan, tibbiyot xodimlar uni o‘zlari bilmagan holda yuqtirishlari va boshqalarga yuqtirishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni shu holat shifoxona xodimlarining ruhiy tushkunligiga sabab bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!