Tadqiqot: Saraton hujayralari o‘z-o‘zini yo‘q qilishi mumkin

Tadqiqot: Saraton hujayralari o‘z-o‘zini yo‘q qilishi mumkin

Rossiyalik olimlar bemorlar organizmida saraton hujayralarini yo‘q qilishning yangi usulini topdi. Bu jarayonni tabiiy va sintezlangan molekulalar kombinasiyasidan foydalangan holda amalga oshirish taklif qilinmoqda.

Ma’lumki, inson tanasidagi hujayralar odatda o‘z zimmasidagi vazifalarni ado etgach, ya’ni rivojlanish siklini tugatgandan so‘ng o‘z-o‘zini yo‘q qilish xususiyatiga ega. Bu organizmda ular soni me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi.

Ammo patologik o‘zgarishlar tufayli saraton hujayralarida ushbu mexanizm ishlamaydi. Oqibatda ular nazoratiz ravishda bo‘linishda davom etadi.

Rus olimlari saraton hujayralarida ayni shu xususiyatni “uyg‘otish” ustida ish olib bordi. Buning uchun bispidin hosilasi bilan poliaminlar kombinasiyasidan foydalanish lozim, degan xulosaga kelindi.

Aytish joizki, poliaminlar hujayralar hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lib, ularning bispidinlar ishtirokida bo‘linishi o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga olib keladi. Natijada faqat o‘simta hujayralarining o‘zigina nobud bo‘ladi va sog‘lom hujayralar omon qoladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu — hozircha faqat tadqiqot. Uning amaliy samarasi klinik sinovlarda to‘liq namoyon bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!