Tadbirkorning tibbiy buyumlar sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan sotuvchi aniqlandi

Tadbirkorning tibbiy buyumlar sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan sotuvchi aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.T.” MCHJning savdo do‘koni sotuvchisi S.X. tadbirkorning umumiy bahosi 73,2 mln so‘mlik tibbiy buyum va anjomlari sotuvidan tushgan mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!