Tadbirkorning 1 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yuriskonsult ushlandi

Tadbirkorning 1 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yuriskonsult ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yakkasaroy tuman hokimligining bosh yuriskonsulti B.N. “B.S.” MCHJ tomonidan ochilgan do‘konning egalik huquqini bekor qilish yuzasidan sudlar tomonidan ko‘rilayotgan apellyasiya ishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni 1 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 500 AQSh dollarini ishni boshlash bahonasida qo‘lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!