Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarg‘armasiga ijrochi direktor v. b. tayinlandi

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarg‘armasiga ijrochi direktor v. b. tayinlandi

Umrbek Abdullayevich Ismoilov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati. Vazirlar Mahkamasi 16 iyul kuni bu haqdagi qarorni qabul qildi.

Umrbek Ismoilov (1983 y. t.) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar jamg‘armada bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!