Tadbirkorga 500 mln so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan mansabdor ushlandi

Tadbirkorga 500 mln so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan mansabdor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining sho‘’ba mudiri X.T. “L.S.” MCHJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun 500 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!