"Tabriklayman, ukam". Stiven Sigal Mirziyoyevning kenja kuyoviga murojaat yo‘lladi (video)

"Tabriklayman, ukam". Stiven Sigal Mirziyoyevning kenja kuyoviga murojaat yo‘lladi (video)

Amerikalik taniqli aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal o‘zining Instagram sahifasi orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarovni O‘zbekiston aralash jang san’ati assosiasiyasi rahbar etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar berdi.

«Do‘stim Otabek Umarov yaqindagina O‘zbekiston MMA assosiasiyasi rahbari etib saylandi. Tabriklayman, uka!», — deya aktyor Otabek Umarovning akkauntidagi videoni ulashgan holda izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Umarov noyabr oyi boshida Aralash jang san’ati assosiasiyasi prezidenti etib saylandi.

Otabek Umarov O‘zbekistonda MMA rivojiga befarq bo‘lmagan homiylarni jalb qilishni ma’lum qilgan. Assosiasiya rahbari hamkorlik qilishni istaydiganlar ko‘p bo‘lishiga ishonch bildirgan edi.

Aytgancha, Otabekning amerikalik do‘sti Stiven Segal allaqachon «boy tarixga ega mamlakatga» tashrif buyurgan edi, u yerda u dunyodagi eng katta oshni tayyorlashda qatnashgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!