“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi

“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi

“Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–339-son, 29.07.2022 y.) qabul qilindi.

📝 Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.

☑️ Konsepsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi.

➡️ Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.

🔰 2023 yildan har 2 yilda 1 marotaba:

▫️may oyining uchinchi dekadasida Marg‘ilon shahrida “Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-konferensiya;
▫️iyun oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali;
▫️iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali;
▫️avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!