Suyultirilgan gaz ballonlari ID-kartalar orqali tarqatilmoqda

Suyultirilgan gaz ballonlari ID-kartalar orqali tarqatilmoqda

Qo‘rg‘ontepa gaz to‘ldirish shoxobchasida eng avvalo, koronavirus yuqishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan karantin qoidalariga qat’iy amal qilinmoqda. Bu yerda ish olib borayotgan mutaxassis, chilangar va haydovchilar tana haroratlari o‘lchanib, qo‘llari antiseptik vositalari bilan zararsizlantirilmoqda.

Aholidan yig‘ilib, suyultirilgan gaz to‘ldirish uchun olib kelingan maishiy gaz ballonlari avvalo, maxsus qurilma orqali dizenfeksiyadan o‘tkaziladi. So‘ng gaz bilan to‘ldiriladi.

Gaz to‘ldirish shoxobchasi xodimi tomonidan maishiy gaz ballonlardagi bar kodli yorliqlar yordamida olingan gaz ballonlari maxsus bazaga yuklanadi. Chilangar o‘zi qabul qilib olgan to‘ldirilgan gaz ballonlarini har bir iste’molchiga bar kod va ID karta yordamida topshiradi. Shu tariqa tumanda suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Qo‘rg‘ontepa tumani Iftixor mahallasining Sarlochin ko‘chasida 484 nafar iste’molchi bo‘lib, ular 668 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanib keladi. Mahalla aholisining gaz balloni bilan ta’minlanganlik darajasi 138 foizni tashkil etadi. Mahalla ahliga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan muddatlarda yetkazib berilmoqda. Yil boshidan beri mahallaga 150,32 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Gaz to‘ldirish shoxobchasi chilangarlari tomonidan suyultirilgan gaz ballonlari maxsus aravachalarda iste’molchilar xonadonlariga olib kirib, o‘rnatib berish yo‘lga qo‘yilgan. Samarali faoliyat olib borayotgan Akmaljon Umaraliyev, Mansurbek Dehqonov singari ilg‘or chilangarlar hamkasblariga namuna bo‘lmoqda.

– Suyultirilgan gaz ballonlarini maxsus ID-karta orqali tarqatish tartibi yo‘lga qo‘yilganligi aholiga katta qulaylik yaratdi, – deydi Sarlochin mahallasida yashovchi Madinaxon Haydarova. – Gaz tugashiga yaqin kartaga pul tushiriib qo‘yiladi, shoxobchada pul tushirilgan ballon to‘ldirish kerakligi qayd etiladi. Shoxobcha xodimlari kelib, balonni to‘ldirib kelib beradi. Avvalgidek oilamizdan kimdir ballonni mahalla idorasiga olib borib, bir kunmi, bir haftami o‘tib to‘ldirib olib kelinganda yana borib olib kelar edi. Endi esa soha xodimlari o‘zlari olib ketib, o‘zlari olib keladi, o‘rnatib beradi.

Ko‘rg‘ontepa tumani gaz to‘ldirish shoxobchasi tomonidan tumandagi barcha mahallalarda suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish ishlari shu tariqa, iste’molchilarga qulay onlayn tarzida yo‘lga qo‘yilgan.

Gaz to‘ldirish shoxobchasi tomonidan yaratilgan bunday qulaylik, ayniqsa, ish vaqtining kunning salqin va odamlar uyda bo‘ladigan vaqtga ko‘chirilganligidan barcha iste’molchilar mamnun.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!