So‘x tumanidagi shifoxonada mojaro natijasida yaralangan 187 nafar bemor davolanmoqda

So‘x tumanidagi shifoxonada mojaro natijasida yaralangan 187 nafar bemor davolanmoqda

So‘x tumani axborot xizmati ma’lum qilishicha, «Chechme-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida ikki davlat fuqarolarining uchrashuvi bӯlib ӯtdi.

Uchrashuvga A. Aripov va K. Boronovlar boshchilik qilishdi. Uchrashuvda ikki xalq va millatning dӯstligi, ӯzaro hamjihatlik rishtalari asrlarga tatigulik ekanligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov qӯshni respublika vakillari bilan o‘zaro muzokaralardan keyin mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda So‘x tumani aholisi A. Aripovga ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib, ularning yechilishida amaliy yordam kӯrsatishni so‘rashdi.

Ӯzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. Aripov tashabbusi bilan yaqin kunlarda tumanda obodonchilik ishlari  boshlanishi ma’lum bӯldi. Obodonchilik ishlariga 1 000 nafar yoshlar jalb etilishi ta’kidlandi.

? Qӯshni respublika bilan kelishilgan holda yaylovlardan foydalanish, suv muammosini hal etish, tumanda joylashgan Qayroq, Javpaya, Toyon massivlarini ӯzlashtirish va shu yӯl bilan aholi ӯrtasida ishsizlik muammosini hal etilishiga erishish ham qayd etildi.

? Yuzaga kelgan janjal natijasida tuman markaziy shifoxonasida 187 nafar yaralangan bemor davolanmoqda.

? Bugun sanaviasiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga yuborildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!