Surxondaryoda YPX xodimi tez tibbiy yordamni sababsiz o‘tkazmay turgani aytilgan video tarqaldi

Surxondaryoda YPX xodimi tez tibbiy yordamni sababsiz o‘tkazmay turgani aytilgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda GAI xodimining tez tibbiy yordamni sababsiz o‘tkazmay turgani aytilgan video tarqaldi. Videoda YPX xodimining tez tibbiy yordamni sababsiz o‘tkazmay turgani, chaqiruvga kechikib yetib borishi ba’zan o‘lim bilan tugashi va voqea Surxondaryo viloyat Termiz shahri sodir bo‘lgani aytilgan. Surxondaryo viloyat IIB Axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan YPX inspektorining xatti-harakatlari bo‘yicha, hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!