Surxondaryoda Xalq ta’lim bo‘limi mudiri maktab direktorini haqorat qildi

Surxondaryoda Xalq ta’lim bo‘limi mudiri maktab direktorini haqorat qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani Xalq ta’lim bo‘limi mudiri A.B. 65-umumta’lim maktabi direktori N.Xudaydatovni haqorat qilganligi bilan bog‘liq audioyozuv tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi holat Xalq ta’lim vazirining Nazorat-huquqiy xizmati bilan hamkorlikda o‘rganilganligini ma’lum qildi.

O‘rganishda, bo‘lim mudiri A.B. maktab direktori N.Xudaydatovni uning xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatdagi mavjud odob-ahloq qoidalariga rioya qilmaganligi uchun turli so‘zlar bilan haqorat qilib, uning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.

Tuman prokuraturasi tomonidan A.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (haqorat) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining 12.08.2022 yildagi qaroriga ko‘ra, A.B. MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!