Surxondaryoda uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Surxondaryoda uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2021 yilning 22 may kuni, tumanning “Eskiqishloq” mahallasida yashovchi, YA.Nodir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 21 may kunidan 22 may kuniga o‘tar kechasi, noma’lum shaxslar hovlisida joylashgan molxonasidan 15.000.000 (o‘n besh million) so‘mlik bir bosh xo‘kizini va 20.000.000 (yigirma million) so‘mlik bir bosh zotdor sigirini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchilar, B.Bekzod, X.Faxriddin va T.Ma’ruflar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.

26 may kuni B.Bekzod, X.Faxriddin va T.Ma’ruflarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!