Surxondaryoda o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba ushlandi

Surxondaryoda o‘qishga kiritishni va’da qilgan talaba ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sho‘rchi tumani Tibbiyot kolleji talabasi A.A., fuqaro N.ni tanishlari yordamida ushbu kollejning “Farmasevtika” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!