Surxondaryoda topib olingan ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga keltirildi

Surxondaryoda topib olingan ayiq bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga keltirildi

Ushbu ayiq bolasining vazni ozligi va ayiqlar odatda qishki uyquga ketishdan oldin, sovuq havoda ularni himoya qilib, ko‘klamgacha yetib olishga imkon beruvchi qalin yog‘ qatlamini yig‘ishlari lozim ekanligi inobatga olinib, Toshkent hayvonot bog‘iga keltirilgan.

«Jonivorni reabilitasiya markaziga o‘tkazish lozim deb topildi. Ayni chog‘da u mutaxassislar nazorati ostida», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryo viloyatidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining hududda yolg‘iz kezib yurgan Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasini topib olgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!