Surxondaryoda sportchini vahshiylarcha do‘pposlagan va pichoqlagan 7 kishi qo‘lga olindi

Surxondaryoda sportchini vahshiylarcha do‘pposlagan va pichoqlagan 7 kishi qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda sportchiga xujum uyushtirilganligi haqida videoxabar tarqalgan.

Videoda ko‘rsatilgan holat yuzasidan joriy yil 29 may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari 23 avgust kuni tamomlangan.

Hozirda jinoyat ishi sudga yuborish arafasida turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!