Surxondaryoda ommaviy janjal yuz berdi. Qizlar ham bor

Surxondaryoda ommaviy janjal yuz berdi. Qizlar ham bor

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda fuqarolar o‘rtasida jangga aylangan janjal..."sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan, Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Sho‘rchi tumanida 2021 yilning 27 sentyabr kuni soat 17:00 lar chamasida jamoat joyi hisoblangan tumanning "Guliston" mahallasi hududidagi aholi yashash manzilida, tumanning "Ozod" mahallasida yashovchi SH.Yo‘lli va tumanning "Guliston" mahallasida yashovchilar SH.Mengtosh, uning qizlari P.Mohira hamda T.Mahliyolar bilan o‘zaro bir guruhga birlashib, tumanning "Shakarko‘l" mahallasida yashovchilar V.Salohiddin va B.Saidislomlar bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, V.Salohiddin va B.Saidislomlarni urib, bezorilik jinoyatini sodir etishgan.

5 oktyabr kuni SH.Yo‘lli, SH.Mengtosh, P.Mohira hamda T.Mahliyolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!