Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida 26 yanvar kuni avtomashinada olib ketilayotgan sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etiilishicha, «Darband» YPX maskanida Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro K.J. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Transport vositasining yukxonasi tekshirilganda unda veterinariya hujjatlarisiz 103 kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotgani aniqlangan.

Go‘sht mahsulotlari Boysun tuman laboratoriyasida iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, ular iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda go‘sht mahsuloti egasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda noma’lum sharoitda so‘yilgan mol go‘shti belgilangan tartibda yo‘q qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!