Surxondaryoda bolalarga baqirib, ularni qo‘rqitgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Surxondaryoda bolalarga baqirib, ularni qo‘rqitgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumani 13-sonli MTMda bolalarga baland ovozda baqirib, ularni qo‘rqitgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» dasturida ma’lum qilindi.

Uzun tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarining holat yuzasidan bildirgan munosabatida ta’kidlanishicha, hodisa bo‘yicha tuman prokuraturasidan taqdimnoma berilgan.

O‘rganish jarayonida mazkur bolalar bog‘chasi tarbiyachisi ishdan bo‘shatilgan, yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazosi berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!