Surxondaryoda 18 yoshli bola “gashish” sotgan vaqtida qo‘lga olindi

Surxondaryoda 18 yoshli bola “gashish” sotgan vaqtida qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati. 2021-yil 28-noyabr kuni soat 15:30 larda IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 18 yoshli T.S., tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 600.000 so‘m evaziga oq rangli poliyetilen paketga o‘ralgan giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida ushlangan va xarid obekti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbirda olingan bir dona oq rangli poliyetilen paketga o‘ralgan qoramtir-malla rangli , plastilinsimon moddalar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, sof og‘irligi 1,88 grammga teng “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ozginadan ko‘proq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!