Surxondaryo viloyatida og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha cheklov joriy etildi

Surxondaryo viloyatida og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha cheklov joriy etildi

Surxondaryo viloyatida o‘ta issiq ob-havo sharoitida avtomobil yo‘llari qoplamasini saqlash maqsadida og‘ir yuk mashinalari harakatiga vaqtincha cheklov joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda kunduzi havo harorati +42...+44 darajagacha, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilmoqda. Bunday sharoitda asfalt-beton qoplamasining harorati +70...+80 darajagacha yetib, yo‘lning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yuqori harorat ta’sirida og‘ir yuk avtomobillari harakati yo‘l qoplamasida g‘ildirak izlari, deformasiyalar va boshqa texnik nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu munosabat bilan davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan qurilgan hamda ta’mirlangan avtomobil yo‘llarini asrash maqsadida Termiz shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk avtomobillari harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

Surxondaryo viloyatida og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha cheklov joriy etildi

Mazkur cheklovlar O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati to‘g‘risida» va «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunlari talablari asosida joriy etilmoqda.

Mutasaddilar haydovchilar, yuk tashuvchi korxona va tashkilotlardan belgilangan cheklovlarga qat’iy rioya qilish, yuk tashish vaqtini oldindan rejalashtirishni so‘radi.

Qayd etilishicha, ushbu choralar yo‘l infratuzilmasini asrash, harakat xavfsizligini ta’minlash va avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi