Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tarzda diniy ta’limotdan saboq berish holatlari aniqlandi.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro hech qanday maxsus diniy ma’lumotga va tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan joriy yilning iyun oyidan boshlab o‘z yashash xonadonida 2011 va 2019 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 22 nafar voyaga yetmagan bolalarga saboq berib kelgan.

Denov va Oltinsoy tumanlaridan kelgan bolalarning ushbu manzilda sanitariya-gigiyena talablariga zid holatdagi sharoitda yashab, saboq olishlari uchun 500 ming so‘mdan 100 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda oylik to‘lov joriy etilgan.

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u joriy yilning may oyi oxirlarida Bag‘dod hamda Yozyovon tumanlaridan kelgan, 2011 va 2017 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 5 nafar voyaga yetmagan bolalarga hech qanday ruxsatnomasiz diniy ta’limotdan saboq berayotganligi aniqlanib, o‘qitish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar tekshirib ko‘rish uchun ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 229²-moddasining 2-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalarning ota-onalariga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq ma’muriy chora ko‘rildi va tegishli profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi