Surxondaryo hokimining Toshkentdan 900 ming dollarga uy xarid qilgani rostmi?

Surxondaryo hokimining Toshkentdan 900 ming dollarga uy xarid qilgani rostmi?

Telegram’da Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning Toshkent shahridan 900 ming dollarga uy xarid qilgani aytilgan video tarqaldi. «Daryo»ning yozishicha, To‘ra Bobolovning matbuot kotibi mazkur ma’lumotni rad etdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin To‘rayevning ma’lumot berishicha, bu video ikki oy ilgari viloyat hokimi To‘ra Bobolovning e’tiborini tortgan.

«Viloyat rahbari Toshkentdan uy olganligini eshitgach, bu haqda gap tarqatgan Shoberdi Suyunov bilan o‘zlari gaplashib, bu gapni qayerdan olgani bilan qiziqqandi», — deydi Zahiriddin To‘rayev «Daryo» muxbiri so‘roviga javob berar ekan.

Zahiriddin To‘rayev viloyat rahbariga tegishli uylar haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritar ekan, «Qishloqda onalarining, Termizda esa o‘zlarining uyi bor», — dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!