Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan andijonlik shaxs qo‘lga olindi

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan andijonlik shaxs qo‘lga olindi

Andijon viloyatidan bo‘lgan 1995 y.t. «I.O.K.» (shaxsiga oid ma’lumotlar o‘zgartirilgan) Internet tarmog‘i orqali Suriyadagi terrorchilik tashkiloti yollovchilari bilan aloqada bo‘lib, ularning ta’siri ostida Suriyaga ketishni rejalashtirgan.

Mazkur shaxs virtual tarmoqlarda terrorchilarning jixod qilishga undovchi materiallar bilan tanishib ularni Internet tarmoqlarida tarqatib kelgan.

Terroristik guruh yollovchilari taklifiga asosan «I.O.K.» joriy yilning aprel oyida Turkiya davlatiga chiqib ketgan. Ma’lum muddat terrorchilarning Suriya xududiga o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi mas’ullari nazoratida bo‘lgan va SAR chegarasiga o‘tish hududida turk harbiylari tomonidan qo‘lga olingan.

Xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida «I.O.K.» Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan O‘zbekistonga deportasiya qilindi. Olib borilgan dastlabki tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davomida jinoiy faoliyati o‘z tasdig‘ini topdi va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar tomonidan unga nisbatan JKning 155-2, 244-1, 244-2 va 246 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, xukuk-tartibot idoralari yoshlarni Internet tarmoqlarida terrorchilik tashkilotlari yollovchilari ta’siriga tushib qolishdan ogohlantiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!