Suriyadagi qurol omboridagi portlashda kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Suriyadagi qurol omboridagi portlashda kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada shahri yaqinida qurol-yarog‘ va urush qoldiqlari saqlanadigan vaqtinchalik omborda portlash sodir bo‘lib, kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda Suriya davlat televideniyesi xabar berdi.

Suriya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, qurol-yarog‘ va urush qoldiqlari boshqa joyga ko‘chirilishidan oldin mazkur hududda vaqtincha saqlangan. Portlash oqibatida jarohatlanganlar orasida vazirlikning ayrim xodimlari ham bor.

Hodisa joyiga fuqarolik mudofaasi va yong‘in-qutqaruv guruhlari yuborilgan. Biroq ketma-ket sodir bo‘lgan portlashlar yong‘inni o‘chirish ishlarini qiyinlashtirgan. Hududdan bir necha soat davomida quyuq tutun ko‘tarilib turgan.

Hozircha dastlabki portlashga nima sabab bo‘lgani rasman ma’lum qilinmagan.

Suriya davlat ommaviy axborot vositalari avvalroq, 1 sentyabr kuni Idlib viloyatining Binnish shahrida o‘q-dorilar ortilgan transport vositasi portlagani haqida xabar bergan edi. O‘shanda besh kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл бо