Suriyadagi muxolif kuchlar Alepponing katta qismini nazorat ostiga oldi
Suriyadagi muxolif kuchlar Alepponing katta qismini nazorat ostiga oldi va janglar davom etmoqda.
Bu haqda "Anadolu" nashri yozmoqda.
Qurolli muxolifat bir kun avval Aleppoga hujum boshladi va hozirda shaharning katta qismini nazorat qilmoqda, deb yozadi nashr.
Shuningdek, ular mahalliy meriya va polisiyaning ma’muriy binolarini, shuningdek, shahar ramzi – Halab qal’asini nazorat qiladi.
Muxolifat, shuningdek, Abu Zuhur harbiy aviabazasi, hukumatparast kuchlar qoldirgan o‘q-dorilar va harbiy texnikani ham nazorat qiladi.
Shaharda komendantlik soati joriy qilingan, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Agentlik shuningdek, muxolifat kuchlari kecha kechqurun mahalliy qamoqxonalardagi mahbuslarni ozod qilgani haqida xabar beradi.