Suriyada Damashq-Aleppo trassasi avtotransport uchun rasman ochildi

Suriyada Damashq-Aleppo trassasi avtotransport uchun rasman ochildi

Suriyadagi Damashq-Aleppo trassasida fuqaro transporti harakati ochildi, deb bayonot berdi Suriya arab respublikasi transport vaziri Ali Xamud.

"Damashq-Aleppo trassasi transport oqimi uchun rasman ochiq, va u to‘laligicha fuqarolar ixtiyorida", - deya iqtibos keltirgan RIA Novosti vazir so‘zlaridan.

Suriya Hukumat kuchlari 16 fevral kuni Aleppo shahri atrofidagi barcha aholi punktlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdilar, bu 2012 yildan beri birinchi marotaba yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida turk armiyasi pozisiyalari havodan hujumga uchragan va buning natijasida 12 harbiy xizmatchisi va bir nafar fuqaro mutaxassisini yo‘qotgan edi. Shundan so‘ng Suriyadagi vaziyat keskin o‘zgardi.

Bunga javoban turk armiyasi yuzdan ortiq nishonlarga qarata zarba berdi, shuningdek, jangarilar tomonidan Idlib osmonida ikkita suriya vertolyoti urib tushirildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an agar turk qo‘shiniga nisbatan ziddiyat kuchayadigan bo‘lsa, Anqara Suriya armiyasi pozisiyalarini bombardimon qilishga tayyorligini aytib, Idlib provinsiyasi ustida aviasiyani yo‘q qilish bilan tahdid qilgan edi.

Sal oldin Sputnik radiosi Aleppo aeroporti sakkiz yil deganda birinchi marta ilk marta fuqarolar samolyotini qabul qilgani haqida xabar bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!