Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri o‘ldirildi

Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri o‘ldirildi

Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida “Al-Qoida” yetakchilaridan biri o‘ldirildi, deya xabar bermoqda “Evronyus”.

“AQShning Suriya shimoli-g‘arbidagi havo hujumida “Al-Qoida”ning yuqori martabali yetakchisi Abdulhamid al-Matar o‘ldirildi”, – deyiladi AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi bayonotida.

Qayd etilishicha, MQ-9 droni yordamida berilgan zarba tufayli tinch aholi vakillari halok bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.

Qo‘mondonlik “Al-Qoida” hali ham Amerika va uning ittifoqchilariga tahdid tug‘dirayotganini, guruh Suriya hududidan o‘zini tiklab olish, faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqaridagi operasiyalarni rejalashtirish va terrorchilik hujumlarini amalga oshirish uchun xavfsiz boshpana sifatida foydalanayotganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!