Suriya Turkiya tovarlari uchun bojxona to‘lovlarini keskin oshirdi

Yangi chora-tadbirlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni to‘xtatib qo‘ydi va turk eksportchilari uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.
Suriyaning o‘tish davri hukumati turk tovarlari uchun bojxona to‘lovini sezilarli darajada 300-500 foizga oshirdi.
2024 yil dekabrida Bashar al-Assad rejimi qulaganidan so‘ng Suriya o‘tish davri hukumati Turkiyadan importga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan qaror qabul qildi.
Bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqning to‘xtatilishiga olib keldi. Turk eksportchilari va suriyalik importchilar iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Xususan, Suriya shimolidagi muxolif kuchlar nazoratidagi chegara punktlari orqali amalga oshirilgan savdoda jiddiy muammolar yuzaga keldi.
Janubi-Sharqiy Anadoli eksportchilar uyushmasi prezidenti Jelal Kadooglu yangi tariflardan oldin Turkiyadan Suriyaga oylik eksport hajmi taxminan 30 million dollar bo‘lganini, ammo yangi tariflar eksportni iqtisodiy jihatdan foydasiz qilib, savdoni butunlay to‘xtatib qo‘yganini aytdi
“Suriyaga yetkazib berishga ixtisoslashgan kompaniyalar uchun vaziyat ayniqsa qiyin bo‘ldi, chunki ular o‘z tovarlarini boshqa bozorlarga tezda yo‘naltira olmaydilar. Tariflarning keskin oshishi mamlakatga eksport qilinadigan barcha turdagi tovarlarga ta’sir qildi. Bu esa mamlakatning janubi-sharqiy mintaqalaridagi kompaniyalar uchun katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin”, – dedi Jelal Kadooglu.
Turkiyalik ekspertlar yozganidek, bu masala siyosiy kun tartibiga kiritilgan. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriya o‘tish davri hukumati vakillari bilan uchrashuvda tariflar masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.
Hozirda ko‘plab eksportchilar savdoni tiklash va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun muammoning tezkor yechimini kutmoqda.