Suriya prezidenti koronavirusga chalindi

Suriya prezidenti koronavirusga chalindi

Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma xonim koronavirusga chalindi. Ular ikki-uch hafta davom etadigan uy karantini davrida o‘z vazifalarini davom ettirishadi.

 Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma xonim koronavirusga chalindi, deb xabar qildi Suriya yetakchisi devoni.

“Ular COVID-19 belgilariga o‘xshash yengil alomatlarni boshdan kechirgach, prezident Bashar Asad va Asma xonim PSR-testini topshirishdi. Tahlil natijasi musbat chiqqan", - deyilgan xabarda.

Bayonotda aytilishicha, Bashar Asad va rafiqasining ahvoli barqaror holatda.

Suriya prezidenti va uning rafiqasi ikki-uch hafta davom etadigan uy karantini davrida o‘z vazifalarini davom ettirishadi


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!