Suriya Mudofaa vazirligi Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumi oqibatida to‘rt nafar suriyalik askar halok bo‘lganini ma’lum qildi

Suriya Mudofaa vazirligi Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumi oqibatida to‘rt nafar suriyalik askar halok bo‘lganini ma’lum qildi

Isroil harbiy-havo kuchlarining Suriya armiyasi pozisiyalariga hujumi natijasida SARning to‘rt nafar askari halok bo‘ldi. Bu haqda Suriya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil harbiylari Banyas shahri yaqinida O‘rta yer dengizi ustida joylashgan Suriya armiyasining mamlakat markazi va qirg‘oqlaridagi pozisiyalariga hujum qilgan.

“Suriya havo mudofaasi hujumni qaytardi. Hujum natijasida to‘rt nafar harbiy halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi va moddiy zarar yetkazildi”, — deya xabar beradi “RIA Novosti”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!