Sudyalar korpusiga uch nafar yangi vakil qo‘shildi

Sudyalar korpusiga uch nafar yangi vakil qo‘shildi

Sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlanganlarning barchasi Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabini muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilar hisoblanadi.

Kengash qarori bilan:
Axmedov Baxodir Shodiyorovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B. Axmedov jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining sudya yordamchisi lavozimida ishlagan.

Norbekov Asliddin Muhammadiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining sudyasi lavozimi tayinlandi.
Ichki ishlar organlarida tergovchi, katta tergovchi va boshqa vazifalarda faoliyat yuritgan A. Norbekov tayinlovga qadar “O‘zmilliybank” AJ Navoiy viloyat filiali yuridik bo‘limi Malikrabot filiali bo‘yicha bosh yurist-maslahatchi lavozimida ishlagan.

Pardayeva Dilobar Abdimuxitdinovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar D. Pardayeva Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar FHDYo bo‘limining mudiri lavozimida ishlagan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!