Sudga kelgan har bir fuqaro adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak

Sudga kelgan har bir fuqaro adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak

 Sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka o‘z vaqtida va ob’ektiv axborot berish jamiyatda huquqiy xabardorlik darajasi oshishiga imkon yaratadi. Odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi, sudlov faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash va su      dga nisbatan jamiyat ishonchini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.

Jamiyatda o‘rnatilgan ochiqlik siyosati tufayli aholi bilan bevosita muloqot qilish, sayyor sudlar o‘tkazish amaliyoti kengaydi. Odamlarni yuzma-yuz o‘tirib eshitish-ularning dardini his qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni to‘g‘irlash kabi xayrli ishlarga yo‘l ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Joriy yilning 30 iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda odil sudlovni amalga oshirish borasida bir qancha tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, islohotlar natijasida sudlar tomonidan 2 ming 273 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgani qayd etildi. Haqiqatdan ham keyingi paytlarda sudlarda oqlanayotgan shaxslar soni keskin oshdi.

Sudlar faoliyatiga doir axborotni olish huquqini fuqarolarning tili, jinsiy, irqiy, milliy mansubligi, diniy, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda davlatimiz rahbari joriy yil 30 iyun kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Sud faoliyatida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bugungi davr talabidir. Joriy yil yakuniga qadar Oliy sudda yagona “Adolat” axborot tizimlari kompleksini ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, qonunchilikka kiritilishi rejalashtirilayotgan yana bir taklif bu nazorat instansiyasini bekor qilish bo‘yicha ham taklif bildirildi. Mazkur masalaga Davlatimiz Rahbari “Sud tizimda eskilik sarqiti bo‘lgan” deb haqqoniy baho berdilar.

Vaholanki, shunday ekan kelgusida qonunga kiritiladigan o‘zgartirish bilan sudning mazmun-mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilish bo‘yicha taklif ilgari surilgani esa sudyalarning adolatli qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazuvchi yana bir omilni bartaraf etadi.

Ilgari sudyalar, sud raislari bilan odamlar o‘rtasida to‘siq bor edi, bugungi kunda esa, aholining sudyalar va sud raislari bilan bevosita muloqot qilmoqda.

Zero, har qanday jamiyatda fuqarolarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarida sud idoralariga murojaatlarning ko‘p bo‘lishi ham tabiiy. Ammo har bir murojaatchini eshitish, uning arzini qonuniy va adolatli hal etishga biz sudyalar mas’ulmiz.

 

Mahkamjon Abdumanobov

Quvasoy shahar ma’muriy sudi raisi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!