Subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan olib berishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan olib berishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga hamda Termiz shahar «Saxovat» mahallasida yashovchi fuqaro N.Norsoatov (ism-shariflari o‘zgartirilgan) Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, ko‘p qavatli uylardan olish maqsadida yurganida qarindoshi D.Shamsiyeva bilan gaplashib qolganligi, D.Shamsiyeva o‘zini bir tanishi borligini, o‘zi ham ko‘p qavatli uy olishga hujjat qilganligi, fuqaro N.Norsoatov bu taklifga rozi bo‘lib ushbu tanishini oldiga borganligi, o‘zini «Tursunpo‘lat» deb tanishtirgan fuqaro uy joy olish uchun qanday tartibda hujjatlar kerak ekanligini aytganligi va o‘zini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dastlabki to‘lovi yo‘q subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan olib berishini aytib, xizmat haqi evaziga 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni berishini aytganligi ushbu pullarni olgandan so‘ng, joriy yilning avgust oyiga qadar subsidiya shaklida ko‘p qavatli uylarni olib berishini aytib ishontirganligi, shundan so‘ng fuqaro N.Qulsoatov firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslik hamda tamagirlikni maqsad qilib, pul talab qilayotgan «Tursunpo‘lat» ismli fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.

Arizaga asosan, Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, arizachi N.Norsoatovdan «Tursunpo‘lat» ismli fuqaro Termiz shahar «Navro‘z» mahallasida joylashgan metan gaz qo‘yish shoxobchasi ichida soat 22:50da talab qilingan 5.000.000 so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 14 may kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.Tursunpo‘latga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!