Suares faoliyatini AQShda davom ettirishga tayyor

Suares faoliyatini AQShda davom ettirishga tayyor

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares faoliyatini MLSda davom ettiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

35 yoshli hujumchiga Shimoliy Amerika klublaridan ikkita taklif bor. Biroq Suares bu masalalarning barchasini Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin hal qiladi.

Hujumchining "Nasyonal" bilan shartnomasi 2022 yilning oxirigacha amal qiladi.

Suares joriy mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!