Sture Futoya orollari sotuvga qo‘yiladi

Sture Futoya orollari sotuvga qo‘yiladi

Norvegiyaning shimolidagi Nurlan provinsiyasida joylashgan Sture Futoya orollari sotuvga qo‘yiladi.
“Ularda XX asr boshidan buyon hech kim yashamagan”, deyiladi “RIA Novosti”ning mahalliy televideniye ma’lumoti bilan asoslangan xabarida.

Orollarning boshlang‘ich narxi – 2 million krona atrofida bo‘ladi.

Hozirgi mulkdorlar orollardagi ob’ektlardan foydalana olmasligi tufayli savdoga qo‘yilganini aytgan.

Orollarda qum sohil, suv havzalari va tog‘lar mavjud. Bu yerlar hali o‘zlashtirilmagan. Savdo jarayonida narxning oshib ketishi kutilmoqda. Kimoshdi savdosi 24 sentyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!