Stop! Messi "Barselona"dan ketmoqchi

Stop! Messi "Barselona"dan ketmoqchi

"Barselona" sardori Lionel jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Cadena Ser xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan. 

U klubdagi vaziyatning yomonlashganidan, ichki voqealarning oshkor bo‘layotganidan, shuningdek, barcha mas’uliyat o‘zining zimmasiga yuklanayotganidan norozi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!