Stoltenberg: Yadro qurolidan foydalanish mutlaqo qabul qilinmaydi

Stoltenberg: Yadro qurolidan foydalanish mutlaqo qabul qilinmaydi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg har qanday yadro qurolidan foydalanishni nomaqbul, deb atadi va bunday quroldan foydalanish Rossiya Federasiyasi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan bu kabi yadroviy ritorikani qayta-qayta eshitgach, biz vaziyatni jiddiy qabul qilishimiz kerak. Shu sababli Rossiyaga ayni harakat jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida aniq signal beramiz”. Bosh kotibning bu bayonotini “Reuters” agentligi tarqatdi.

O‘tgan hafta Putin Rossiya o‘z hududiy yaxlitligi va xalqini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga tayyorligi to‘g‘risida gapirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!