Stoltenberg: NATO Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmaydi

Stoltenberg: NATO Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmaydi

NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, biroq bu alyansni mojaro tarafiga aylantirmaydi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

“NATO mojaro tarafi emas”, — dedi Stoltenberg NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, alyans Ukrainani himoya qilish huquqiga ega suveren davlat sifatida qo‘llab-quvvatlaydi.

Bosh kotib qo‘llab-quvvatlash “uzoq muddatli” bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!