Stoltenberg: Finlandiya va Shvesiya bir yilga yetmay, NATOga kiradi

Stoltenberg: Finlandiya va Shvesiya bir yilga yetmay, NATOga kiradi

“Shimoliy Makedoniyaning 2020 yilda NATOga kirishi bilan bog‘liq ratifikasiya jarayoni bir yil davom etgan edi.

Finlandiya va Shvesiya misolida ayni voqea tezroq sodir bo‘lishi mumkin, chunki vaziyat shuni taqozo qilmoqda”. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning ushbu bayonoti matbuot uchun xabarnomada keltirilgan.

Bugun Finlandiya va Shvesiya tashqi ishlar vazirlari hamda Shimoliy alyansga a’zo 30 davlatning doimiy vakillari ishtirokida ikki yangi mamlakatning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha protokolni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Alyansga qo‘shilguniga qadar egallab turgan nomzodlik maqomi Finlandiya va Shvesiyaning xavfsizligi ta’minlanishini kafolatlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!