Stoltenberg: Biz Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz

Stoltenberg: Biz Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz

Buxarestda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokida ikki kunlik sammit o‘tkazilmoqda. Jurnalistlar bilan suhbatda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya tinch aholiga zarar yetkazish maqsadida Ukrainaning energiya infratuzilmalariga zarba berishda davom etishi ehtimoli borligini ma’lum qildi.

"Buni qish arafasida qilish bilan Putin Ukraina bilan urushda qishdan qurol sifatida foydalanishga harakat qilmoqda", — deydi Stoltenberg.

Rossiya agressiyasiga javoban NATO Boltiqbo‘yidan Qora dengizgacha bo‘lgan hududda o‘z ishtirokini kuchaytirib, jumladan, Ruminiyada ham yangi jangovor guruhlarni yaratmoqda.

"Biz Putinning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Aks holda bu butun dunyo bo‘ylab avtoritar hukmdorlarga harbiy kuch yordamida o‘z maqsadlariga erisha olishini ko‘rsatadi va bu dunyoni hammamiz uchun yanada xavfliroq qiladi. Shu sababli, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash o‘z xavfsizligimiz manfaatlari doirasiga kiradi", — deya ta’kidladi NATO Bosh kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!