Stikersiz mashina haydaydigan xodimlarning yonida qanday hujjatlar bo‘lishi kerak?

Stikersiz mashina haydaydigan xodimlarning yonida qanday hujjatlar bo‘lishi kerak?

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov stikersiz yurish huquqi berilgan tashkilotlar va ularning xodimlari haqida izoh berdi:

«Bitta narsani aytib o‘tishimiz kerak, bu katta huquq emas. Faqat ish joyiga borib, ish joyidan uyga kelish nazarda tutilyapti. Chunki asosiy maqsad ko‘chalarda mashinalarning bo‘lmasligi, karantin qoidalarga juda qattiq rioya qilinishini ta’minlash.

Ushbu tashkilotlarning xodimlari o‘zlari bilan mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat ham yonida bo‘lishi kerak.

Chunki biz bilamiz, suiiste’molchiliklar holati ham, korxonalar yolg‘ondan "bu bizning xodimimiz" degan ma’lumotlarni berish amaliyoti ham yo‘q emas.

❗️Oldindan hammani ogohlantiramiz: bu hujjat qalbakilashtirishga kiradi! Buning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan. Ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan. Ayniqsa bugungi murakkab sharoitda agar shunday holatlarga kim yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, qattiq javobgarlikka tortiladi.»


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!