Stadiondagi tartibsizliklar natijasida 120dan ortiq odam halok bo‘ldi

Stadiondagi tartibsizliklar natijasida 120dan ortiq odam halok bo‘ldi

Indoneziyada futbol o‘yini vaqtida tiqilinch yuzaga kelishi oqibatida kamida 127 kishi halok bo‘ldi. Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, yana 180 nafarga yaqin kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Fojia Malange shahridagi stadionda mahalliy «Arema» klubi va Sharqiy Yava provinsiyasi markazi bo‘lgan Surabayaning «Persebaya» klubi o‘rtasidagi futbol uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan.

O‘yin mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Final hushtagi chalingach «Arema»ning minglab muxlislari maydonga chopib chiqqan, to‘qnashuvlar boshlangan.

Polisiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, tiqilinch yuzaga kelgan. Tibbiyot xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim holatlarining ko‘p qismi bo‘g‘ilish tufayl sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!