SSV Kitobdagi mahallada bir oilaning uch a’zosida quturish aniqlangani haqidagi xabarlarga izoh berdi

SSV Kitobdagi mahallada bir oilaning uch a’zosida quturish aniqlangani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani «Varganza» mahallasida bir oilaning uch nafar a’zosida quturish kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Joriy yilning 10 iyul kuni Kitob tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro xavfli yuqumli kasallik gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Epidemiologik surishtiruv davomida bemorni taxminan bir oy avval tulki bolasi tirnagani aniqlangan. Afsuski, u joriy yil 11 iyul kuni vafot etgan.

Hozirgi vaqtda vafot etgan fuqaroning o‘lim sababi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shuningdek, mazkur hududda yashovchi uch nafar fuqaro ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularda quturish kasalligining klinik belgilari aniqlanmadi. Ayni paytda ushbu fuqarolar shifokorlar nazoratiga olinib, zarur profilaktik emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Qolaversa, Kitob tumanida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda veterinariya mutaxassislari hamkorligida epidemiologik vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Shu o‘rinda fuqarolardan ortiqcha xavotirga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa asossiz va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон пре