SSV: Ixtisoslashgan markazlar amaliyotiga 200 turdagi yangi davolash va diagnostika usullari joriy qilinadi

SSV: Ixtisoslashgan markazlar amaliyotiga 200 turdagi yangi davolash va diagnostika usullari joriy qilinadi

Zayniddin Sayfutdinov,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i:

♻️ — Oxirgi yillarda yurtimizda ixtisoslashgan tibbiy xizmat aholiga yanada yaqinlashdi. Natijada olis va chekka hududlarda nafaqat kasalliklarni samarali davolash, balki erta aniqlash va oldini olish imkoniyatlari kengaymoqda.

📈 Bunda so‘nggi 6 yilda mamlakatimizdagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari soni 10 tadan 24 taga yetkazilgani, hududlarda ularning filiallari tashkil etilayotgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir.

🗓 Aytish kerak, 2023 yildan mazkur yo‘nalishda yangicha ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra:

🏢 Respublika ixtisoslashtirilgan markazlar amaliyotiga 200 turdagi, viloyat darajasida 370 turdagi, tuman darajasida 150 turdagi yangi davolash va diagnostika usullari tatbiq qilinadi. Buning natijasida, yiliga 2 mln. nafar aholi o‘z yashash hududida malakali tibbiy xizmat olishi mumkin bo‘ladi.

🚑 Markazlarning 1 140 nafar mutaxassislarini safarbar qilish orqali hududlarda jigar, qon-tomir, qorin, ko‘krak qafasi, transplantologiya, mikroxirurgiya, rekonstruktiv va plastik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.

🔬Shuningdek, buyrak transplantasiyasi amaliyoti 2022 yildagi 350 tadan joriy yilda 500 taga, jigar transplantasiyasi 20 tadan 50 taga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!