SSV: Bugun G4 darajali kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi. Bunday vaziyatda qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?

SSV: Bugun G4 darajali kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi. Bunday vaziyatda qanday tavsiyalarga amal qilish kerak?

Bugun magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 ballik o‘ta faol bosqichi kuzatilishi prognoz qilingan. Ushbu tabiat hodisasi aloqa, elektr tarmoqlari, navigasiya tizimi bilan birga, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🩺 Bundan surunkali xastaliklarga chalingan, o‘rta va katta yoshli insonlar, ayniqsa, yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan yoki miokard infarkt, insultni boshdan o‘tkazgan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.

☀️Chunki quyosh chaqnashlari tufayli hosil bo‘lgan magnit maydoni gipertoniklarda qon bosimi oshishi, gipotoniklarda esa aksincha, qon bosimi pasayishiga sabab bo‘ladi.

🙇‍♂️ Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i, holsizlik, qolaversa, turli allergik reaksiyalar kuzatilishi ehtimoli mavjud.

▶️ Shu bois bunday ob-havo sharoitida surunkali kasalliklarga chalinganlar, keksa yoshli insonlar va homilador ayollardan quyidagi tavsiyalarga amal qilishlarini so‘raymiz:

🏋️‍♀️ Magnit bo‘roni paytida jismoniy faollik, jumladan zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlarni cheklash maqsadga muvofiq.

🍲 Avvalo, ovqatlanish rasioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim.

🚫 Sho‘r taomlar iste’molini cheklash kerak. Chunki tuz organizmda suv miqdorini kamaytirib, qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.

🍏🍐🍌 Sersuv meva-sabzavotlar, kaliy va S vitaminiga boy mahsulotlar ham salomatlik uchun juda foydali.

❌ Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish shart.

🚗 Yurak xuruji va insultni boshdan kechirganlar ma’lum muddat mashina haydamaganlari ma’qul.

✈️ Bunday sharoitda sayohat qilishni kechiktirib turish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

💊 Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!