SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

Respublika qon quyish markazida 14 iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova, vazirlik mutasaddilari, sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari rahbarlari, shifokorlar hamda donorlar ishtirok etdi.

SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

Co‘nggi yillarda yurtimizda bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan ta’minlash hamda qon quyish stansiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Respublika qon quyish markazi, Toshkent shahar “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, 13 ta hududiy va 2 ta respublika tasarrufidagi qon quyish stansiyasi hamda 13 ta qon quyish bo‘limida sifatli qon va uning tarkibiy qismlarini yig‘ish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or uslublar amaliyotga tatbiq etilyapti.

SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

Qolaversa, pandemiya sharoitida og‘ir bemorlar hayotini asrash, tibbiyot muassasalarini sifatli qon komponentlari bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimizda beg‘araz donorlik aksiyalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Natijada o‘tgan 2021 yil yurtimizda 113 tonna sifatli qon komponentlari tayyorlandi.

SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda gemotologiya, onkologiya, kardiologiya va transplantologiya yo‘nalishlari bo‘yicha murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarining o‘tkazilishi sifatli qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyojning yanada ortishiga sabab bo‘lmoqda, — deydi E. Basitxanova.Bu esa o‘z-o‘zidan aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish va uni keng targ‘ib etishni taqozo etadi. Eng asosiysi, tibbiyot xodimlari bu yo‘lda barchaga namuna, faol va tashabbuskor bo‘lishi lozim.

SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

Sir emas, yurtimizda o‘z qonini kamida qirq marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida oltmish marta bepul topshirgan fuqarolar an’anaviy tarzda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi.

E’tiborlisi, bu yil ham mamlakatimizning barcha hududlarida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirishda faol ishtirok etib kelayotgan 23 nafar ana shunday yurtdoshimiz mazkur mukofot bilan taqdirlandi.

SSV: 23 nafar fuqaroga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni topshirildi

Xususan, bugungi tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan 5 nafar faol donorga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida faol donorlarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!