SSV 2-qavatdan itarib yuborilgani aytilgan talaba qizning ahvoli haqida ma’lumot berdi

SSV 2-qavatdan itarib yuborilgani aytilgan talaba qizning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talaba-qizni zo‘rlashga qaratilgan xatti-harakatlar yuzasidan xabarlar tarqaldi. Shuningdek, mazkur noxush voqea davomida qiz binoning 2-qavati oynasidan pastga itarib yuborilgani aytilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanuvchining salomatligi jiddiy nazoratga olingan. Unga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilyapti va muolaja jarayonlari davom etmoqda.

Bemor M. K. joriy yilning 18 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Tezkor tekshiruvlar natijasida unga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi, quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.

Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.

Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan.

Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!